Abstract
Tadqiqotda Janubiy Farg‘onaning asosiy suv manbalaridan biri bo‘lgan Karkidon suv omborining gidrologik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari, Isfayramsoy daryosining loyqa oqiziqlari hisobiga kechayotgan sedimentatsiya jarayoni hamda suv sifatining meliorativ parametrlari (SAR, MH, quruq qoldiq) kompleks tahlil qilindi. 50 yildan ortiq davr mobaynida to‘plangan tub cho‘kindilarining mineralogik tarkibi (65% mayda qumoq-loyqa, 15% montmorillonit va illit) o‘rganilib, suv omborining foydali sig‘imi 12–18% ga qisqargani hisoblab chiqildi. Sentinel-2 sun’iy yo‘ldoshining multispektral ma’lumotlari (B03, B04, B08, B11 kanallari) yordamida NDWI, NDSI va NDMI indekslari generatsiya qilinib, suv ko‘zgusi dinamikasi hamda qirg‘oqoldi sho‘rlanish areallari xaritalashtirildi. Suv-tuz balansini barqarorlashtirish uchun yopiq gorizontal zovurlar (chuqurligi 2,8–3,0 m, oralig‘i 120–150 m), sho‘r yuvish me’yorlari (4500–5500 m³/ga) hamda fitomelioratsiya usullari ishlab chiqildi
References
1. McFeeters S.K. The use of the Normalized Difference Water Index (NDWI) in the delineation of open water features // International Journal of
2. Richards L.A. Diagnosis and Improvement of Saline and Alkali Soils. — USDA Agricultural Handbook No. 60, Washington, 1954. — 160 p.
3. Mirzajonov Q.M. Sug‘oriladigan tuproqlar eroziyasi va unga qarshi kurash choralari. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2007. —
4. Pankov M.A. Meliorativnoye pochvovedeniye. — Tashkent: O‘qituvchi,
5. SANIIRI hisobotlari. Janubiy Farg‘ona magistral kanali va Karkidon suv ombori havzasining filtrlash hamda suv-tuz balansi ko‘rsatkichlari. — Toshkent, 1985. — 112 b.
6. Kuziyev R.Q., Sektimenko V.O. O‘zbekiston tuproqlari. — Toshkent: Fan, 2009. — 352