Abstract
Mazkur tezisda introduksiya qilingan o‘simliklarning dorivorlik xususiyatlari, ularning biologik faol moddalarga boyligi hamda xalq va zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Introduksiya jarayonida o‘simliklarning yangi ekologik sharoitga moslashishi, vegetativ va generativ rivojlanishi, biologik mahsuldorligi hamda dorivor xomashyo sifatidagi imkoniyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim introduksiya qilingan turlar tarkibida alkaloidlar, flavonoidlar, efir moylari, glikozidlar, taninlar, saponinlar, vitaminlar va boshqa biologik faol birikmalar mavjudligi ularning farmakologik qiymatini belgilaydi. Tadqiqotlarda introduksiya qilingan dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanish, ularni mahalliy sharoitda yetishtirish va xomashyosini standartlashtirish farmatsevtika uchun istiqbolli yo‘nalishlardan biri ekanligi ko‘rsatiladi.
References
1. Heinrich M., Barnes J., Gibbons S., Williamson E.M. Fundamentals of Pharmacognosy and Phytotherapy. – London: Elsevier, 2018.
2. Evans W.C. Trease and Evans’ Pharmacognosy. – London: Elsevier, 2009.
3. Wink M. Annual Plant Reviews: Functions and Biotechnology of Plant Secondary Metabolites. – Wiley-Blackwell, 2010.
4. Tursunov I.T., Rahmonqulov U. Dorivor o‘simliklar va ularning shifobaxsh xususiyatlari. – Toshkent, 2020.
5. Axmedov O‘, Ergashev A., Abzalov A. Dorivor o‘simliklar yetishtirish texnologiyasi. – Toshkent, 2018.