Abstract
Mazkur tezisda Dukkakdoshlar — Fabaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklarning biologik va farmakologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ushbu oilaga mansub ko‘plab o‘simliklar qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash va profilaktika qilishda foydalanib kelingan. Tadqiqotlarda dukkakdoshlar tarkibida flavonoidlar, fenolik birikmalar, tanninlar, saponinlar, alkaloidlar, terpenoidlar va boshqa biologik faol moddalar mavjudligi aniqlangan. Mazkur birikmalar o‘simliklarning antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, antimikrob, diabetga qarshi va boshqa biologik faolliklarini belgilashi mumkin. Tezisda qizilmiya, senna, sofora, astragal va boshqa dorivor vakillarning shifobaxsh imkoniyatlari umumlashtiriladi. Shuningdek, dorivor o‘simliklardan foydalanishda ularning kimyoviy tarkibi, dozasi, toksikologik xususiyatlari va klinik dalillarni hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi.
References
1. Verma R., Dash S., Ankita et al. Genus Bauhinia (Fabaceae): A review from phytochemistry to pharmacology – Exploring traditional uses and toxicological insights across Asia. // Phytomedicine. – 2024. – Vol. 135. – Article 156246. DOI: 10.1016/j.phymed.2024.156246.
2. Gudavalli D., Pandey K., EDE V.G. et al. Phytochemistry and pharmacological activities of five species of Bauhinia genus: A review. // Fitoterapia. – 2024. – Vol. 174. – Article 105830. DOI: 10.1016/j.fitote.2024.105830.
3. Oladeji O.S., Adelowo F.E., Oluyori A.P. Phytochemical constituents and pharmacological activities of Senna species: current perspectives. // South African Journal of Botany. – 2021. – Vol. 138. – P. 1–32.
4. Heinrich M., Barnes J., Gibbons S., Williamson E.M. Fundamentals of Pharmacognosy and Phytotherapy. – 2nd ed. – London: Elsevier, 2012.
5. Sofowora A., Ogunbodede E., Onayade A. The role and place of medicinal plants in the strategies for disease prevention. // African Journal of Traditional, Complementary and Alternative Medicines. – 2013. – Vol. 10(5). – P. 210–229.