Abstract
Mazkur ilmiy tezisda axborot olish va tarqatish erkinligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, ommaviy axborot vositalarining huquq va majburiyatlari hamda fuqarolarning axborotdan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida axborot almashinuvi tezlashgani bilan birga, ishonchsiz axborot, shaxsiy hayot daxlsizligining buzilishi, yolg‘on ma’lumotlar va axborot xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda axborot erkinligi va boshqa shaxslarning huquq hamda qonuniy manfaatlari o‘rtasidagi huquqiy muvozanat masalalariga e’tibor qaratiladi. OAVning axborotni izlash, olish va tarqatishdagi o‘rni, fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqini ta’minlash mexanizmlari hamda zamonaviy raqamli kommunikatsiya sharoitida mas’uliyatli axborot tarqatishning ahamiyati yoritiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi 439-II-son Qonuni, 12.12.2002.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni, yangi tahrir.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir, 2023.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuni, 02.07.2019.
5. UNESCO. Journalism, “Fake News” and Disinformation: Handbook for Journalism Education and Training. Paris, UNESCO.