IZEN URUG‘LARINI EKISHDAN OLDIN KIMYOVIY VA BIOLOGIK PREPARATLAR BILAN ISHLOV BERISHNING UNUVCHANLIKKA TA’SIRINI QIYOSIY BAHOLASH
PDF

Keywords

izen
Kochia prostrata
urug‘
unuvchanlik
kimyoviy preparat
biologik preparat
urug‘oldi ishlov

How to Cite

IZEN URUG‘LARINI EKISHDAN OLDIN KIMYOVIY VA BIOLOGIK PREPARATLAR BILAN ISHLOV BERISHNING UNUVCHANLIKKA TA’SIRINI QIYOSIY BAHOLASH. (2026). SANOAT VA TEXNIKA SOHALARIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI: KONFERENSIYA MATERIALLARI, 2(9), 10-15. https://insightpublishing.uz/sts/article/view/2495

Abstract

Ushbu tezisda qurg‘oqchil va sho‘rlangan hududlarda yem-xashak hamda yaylovlarni tiklash uchun istiqbolli bo‘lgan izen (Kochia prostrata (L.) Schrad.) urug‘larini ekishdan oldin kimyoviy va biologik preparatlar bilan ishlov berishning urug‘larning unuvchanlik ko‘rsatkichlariga ta’siri qiyosiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda nazorat varianti bilan bir qatorda kimyoviy preparat hamda biologik preparat bilan ishlov berilgan urug‘larning laboratoriya sharoitidagi unish energiyasi, yakuniy unuvchanlik darajasi va dastlabki nihol rivojlanishi baholash mezonlari sifatida taklif etildi. Izen urug‘larining unishi harorat, namlik, substrat va urug‘ning fiziologik holatiga bog‘liq. Ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlarda K. prostrata urug‘larining unishi harorat va osmotik sharoit bilan sezilarli bog‘liqligi aniqlangan [1, 27–30]. Shu sababli ekishdan oldingi urug‘oldi ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish izenning dala sharoitida bir tekis unib chiqishi va yaylovlarni tiklash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

PDF

References

1. Romo J.T., Haferkamp M.R. Forage Kochia Germination Response to Temperature, Water Stress, and Specific Ions. Agronomy Journal, 1987, 79, 27–30.

2. Orlovsky N.S., Japakova U.N., Shulgina I., Volis S. Comparative study of seed germination and growth of Kochia prostrata and Kochia scoparia under salinity. Journal of Arid Environments, 2011, 75(6), 532–537.

3. Gintzburger G. et al. Kochia prostrata — biological and ecological characteristics. PlantUse database.

4. Harmon D., Clements C.D. Seed Storage Effects on Germination of Two Forage Kochia Cultivars. USDA Agricultural Research Service, 2017.

5. Kochia prostrata urug‘larining hayotchanligi va unish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar. International Journal of Natural Sciences Research, 2022, 10(2), 102–115.