Abstract
Mazkur tadqiqotda anjir (Ficus carica L.) barglarini funksional choy mahsulotlari ishlab chiqarish uchun istiqbolli o‘simlik xomashyosi sifatida baholashning ilmiy asoslari yoritilgan. Anjir barglari tarkibida fenolik birikmalar, flavonoidlar, organik kislotalar, mineral moddalar, xlorofill va boshqa biologik faol komponentlarning mavjudligi ularning oziq-ovqat qiymatini belgilaydi. Tadqiqotda barg xomashyosining morfologik, fizik-kimyoviy, texnologik va funksional ko‘rsatkichlarini kompleks baholashga e’tibor qaratilgan. Xomashyoni yig‘ish, saralash, yuvish, quritish, maydalash va saqlash jarayonlarining tayyor mahsulot sifatiga ta’siri asoslandi. Anjir barglaridan funksional choy ishlab chiqarishda biologik faol moddalarni maksimal darajada saqlab qoluvchi texnologik rejimlarni tanlash muhimligi ko‘rsatib berilgan.
References
1. Badgujar S.B., Patel V.V., Bandivdekar A.H. Ficus carica L.: A review of its phytochemical and pharmacological properties.
2. Vinson J.A. va boshqalar. Antioxidant properties and phenolic composition of figs.
3. Singleton V.L., Orthofer R., Lamuela-Raventós R.M. Analysis of total phenols by Folin–Ciocalteu reagent.
4. ISO. Herbal materials and food products — methods for quality assessment.
