Abstract
Ushbu maqolada byudjet siyosatining hududlarning moliyaviy barqarorligi jihatidan baholanish omillari tahlil qilinadi. Hududlar byudjetining mustahkamligi va barqarorligi ularning iqtisodiy rivojlanishi, ijtimoiy infratuzilmasi va investitsiya muhitiga bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, hududlarning moliyaviy holatini baholash uchun foydalaniladigan indikatorlar, soliq bazasi, grantlar va transferlar tizimi, hamda mahalliy daromadlarni oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqola hududlarning barqaror moliyaviy boshqaruvi uchun samarali byudjet siyosati strategiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan