O'ZBEKISTON RAQAMLI INFRATUZILMASIDA KIBERTAHDIDLAR DINAMIKASI (2020–2024) VA ULARNI BASHORATLASHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLARI
PDF

Keywords

kibertahdid, kiberxavfsizlik, raqamli infratuzilma, kiberjinoyat, sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish, anomaliya aniqlash, prognozlash, kiberhujum, axborot xavfsizligi.

How to Cite

O’ZBEKISTON RAQAMLI INFRATUZILMASIDA KIBERTAHDIDLAR DINAMIKASI (2020–2024) VA ULARNI BASHORATLASHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLARI. (2026). SANOAT VA TEXNIKA SOHALARIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI: KONFERENSIYA MATERIALLARI, 2(8), 451-455. https://insightpublishing.uz/sts/article/view/2357

Abstract

Mazkur ilmiy tezisda O‘zbekiston raqamli infratuzilmasida 2020–2024-yillar davomida kuzatilgan kibertahdidlar dinamikasi, ularning asosiy shakllari va raqamli transformatsiya jarayonlariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda kiberjinoyatlarning o‘sishi, bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik, fishing, zararli havolalar, ijtimoiy muhandislik va shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy egallash kabi tahdidlarning kengayishi masalalariga e’tibor qaratilgan. 2024-yilda O‘zbekistonda 58,8 mingta kiberjinoyat qayd etilgani hamda kiberjinoyatlarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushi 44,4 foizga yetgani raqamli xavfsizlikning dolzarbligini ko‘rsatadi. Shuningdek, kibertahdidlarni oldindan aniqlash va bashoratlashda mashinali o‘qitish, anomaliyalarni aniqlash, neyron tarmoqlar va intellektual monitoring tizimlaridan foydalanish istiqbollari yoritilgan. Sun’iy intellekt asosidagi prognozlash modellari kiberxavflarni oldindan aniqlash, resurslarni xavf darajasiga qarab taqsimlash va kiberhujumlarga tezkor javob qaytarish samaradorligini oshirishi mumkinligi asoslangan.

PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi. “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun. — Toshkent, 2022.

2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. O‘zbekistonning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va xavfsiz kibermakonni ta’minlash tajribasi. — 2025.

3. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. Kiberxavfsizlik va raqamli infratuzilmani rivojlantirishga oid materiallar. — Toshkent.

4. ENISA. ENISA Threat Landscape 2024. — European Union Agency for Cybersecurity, 2024.

5. NIST. Artificial Intelligence Risk Management Framework (AI RMF 1.0). — National Institute of Standards and Technology, 2023.