Abstract
Mazkur tezisda temir yo‘l transportida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishning tashkiliy-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Temir yo‘l avariyalari, poyezdlar to‘qnashuvi, harakat tarkibining relsdan chiqishi, yong‘in va portlashlar, xavfli yuklarning sizib chiqishi hamda tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarda davlat organlari, transport tashkilotlari, qutqaruv xizmatlari va mahalliy hokimliklarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan. O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishning huquqiy asoslari, fuqaro muhofazasi tizimi, temir yo‘l transportida xavfsizlik talablariga rioya etish, hodisalarni xizmat tekshiruvidan o‘tkazish hamda moddiy va moliyaviy resurslar zaxiralaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni, 09.08.2021-y., O‘RQ–706-son.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-son qarori. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-iyundagi 330-son qarori. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida.
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining 2022-yil 9-iyundagi 7-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom.