Abstract
Ushbu maqolada eksportni diversifikatsiyalash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ahamiyati tahlil qilinadi. Eksport mahsulotlari va bozorlarining xilma-xilligi iqtisodiy o‘sish va tashqi shoklarga chidamlilikni oshirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada eksportni diversifikatsiyalash strategiyalari, ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri hamda barqaror rivojlanishga qo‘shgan hissasi o‘rganiladi. Shuningdek, mamlakatlararo tajribalar va amaliy tavsiyalar berilib, eksport siyosatini takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi