Abstract
Mazkur tezisda fotoelektrik qurilmalarning lokal elektr tarmog‘idagi energiya yo‘qotishlariga ta’siri tadqiq etilgan. Quyosh fotoelektrik panellarining lokal tarmoqqa integratsiyalashuvi natijasida elektr energiyasining iste’molchilarga yetkazib berilish masofasi, tarmoqdagi tok qiymati, kuchlanish darajasi va quvvat oqimining yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin. Tadqiqotda fotoelektrik qurilmaning tarmoqqa ulanishidan oldingi va keyingi holatlarni taqqoslash asosida aktiv quvvat yo‘qotishlarini aniqlash yondashuvi ko‘rib chiqilgan. Tarmoqdagi energiya yo‘qotishlarini kamaytirishda fotoelektrik qurilmaning optimal joylashuvi, generatsiya quvvati, yuklama grafigi va iste’mol generatsiya mosligi asosiy omillar sifatida belgilangan. Natijalar lokal tarmoqlarda fotoelektrik qurilmalardan oqilona foydalanish elektr uzatishdagi texnik yo‘qotishlarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatadi
References
1. Masters G.M. Renewable and Efficient Electric Power Systems. John Wiley & Sons.
2. Messenger R.A., Ventre J. Photovoltaic Systems Engineering. CRC Press.
3. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha materiallar.
4. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari milliy bazasi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga oid normativ-huquqiy hujjatlar.
5. Elektr ta’minoti tizimlari, taqsimlash tarmoqlari va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar.