Abstract
Ushbu tezisda oʻzgaruvchi A-analitik koeffitsientga ega differensial modelni sonli yechish masalasi tadqiq qilinadi. A-analitik strukturaning umumlashgan differensial munosabati asosida A=A(x,y) koeffitsientli model qaraladi. Kompleks tenglama real va mavhum qismlarga ajratilib, oʻzgaruvchi koeffitsientli differensial tenglamalar sistemasi hosil qilinadi. Mazkur sistema uchun markaziy chekli-ayirmali approksimatsiya asosida sonli sxema taklif etiladi. Modelning sonli yechimini baholash uchun aniq yechimga ega test-masala keltiriladi. Olingan natijalar oʻzgaruvchi koeffitsientli modelni sonli hisoblashda qoʻllash imkoniyatini koʻrsatadi.
References
1. Imomnazarov Kh.Kh., Jabborov N.M. Application of A-analytic functions to the investigation of the Cauchy problem for a stationary poroelasticity system. Contemporary Mathematics. Fundamental Directions, 2019, Vol. 65, No. 1, pp. 33-43.
2. Vekua I.N. Generalized Analytic Functions. Moscow: Nauka, 1988.
3. Bitsadze A.V. Some Classes of Partial Differential Equations. Moscow: Nauka, 1981.
4. Aizenberg L.A. Carleman Formulas in Complex Analysis. Novosibirsk: Nauka, 1990.