Abstract
Ushbu ilmiy ishda uch qatlamli mayatnik turidagi ftoroplastik seysmik izolyatorlarning tarkibiy qismlari, ishlash prinsipi va seysmik ta’sirlar ostidagi samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda mazkur izolyatorlarning mayatnik effekti, ko‘p bosqichli ishqalanish mexanizmi hamda zilzila energiyasini so‘ndirish xususiyatlari yoritilgan. Uch qatlamli izolyatorlarning kichik, o‘rta va kuchli zilzilalar ta’sirida bosqichma-bosqich ishlash mexanizmi tahlil qilingan. Shuningdek, seysmik izolyatsiyalangan 6 qavatli temir-beton karkasli binoning raqamli modeli ishlab chiqilib, uning dinamik xatti-harakati ETABS dasturiy majmuasida chiziqli bo‘lmagan vaqt bo‘yicha dinamik tahlil asosida o‘rganildi. Tadqiqotda uch qatlamli ftoroplastik mayatnik izolyatorlarining ishqalanish xususiyatlari, konstruksiyaning deformatsiyalanishi hamda seysmik yuklamalarning bino karkasiga uzatilishi tahlil etildi. Natijalar seysmik izolyatorlardan foydalanish bino konstruksiyalariga uzatiladigan gorizontal seysmik yuklamalarni va dinamik ta’sirlarni sezilarli darajada kamaytirish, konstruksiyaning seysmik barqarorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi
References
1. Abdullaev T.M. O‘zbekiston hududida seysmik monitoring tizimini takomillashtirish // Qurilish va arxitektura. - 2020. 3. "Qurilishda innovatsion texnologiyalar" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi (2023)
Center, 1996.
2. Bahodir Xodjayevich Akramov va G‘ulomjon O‘ktamovich G‘ulomov. ETABS dasturiy majmuasida binolarni hisoblash: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent: TAQI, 2019.
3. Daniel M. Fenz and Michael C. Constantinou. Modeling for Substructure Analysis of Triple Friction Pendulum Isolators. Earthquake Engineering & Structural Dynamics, 2008
4. Dolce M., Cardone D., Marnetto R. Implementation and testing of passive control devices based on sliding isolation systems // Earthquake Engineering & Structural Dynamics. – 2005. – Vol. 34, No. 9. – P. 1065–1084.
5. N.J.Toʻychiyev, ”Bino va inshootlar konstruksiyasi” darslik. Toshkent- 2010.
19. O‘zbekiston Respublikasi "Qurilish me’yorlari va qoidalari" (KMK 2.01.03 2019) "Qurilish seismologiyasi"