Abstract
Ushbu tadqiqotda paxta hosildorligini belgilovchi asosiy hosil elementlarining shakllanishiga agrotexnik tadbirlarning ta’siri tahlil qilingan. G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi davomida ko‘saklar soni, bir ko‘sakdagi paxta massasi, meva shoxlari soni, hosil tugish darajasi hamda chigitlarning rivojlanishi kabi ko‘rsatkichlar hosildorlikning muhim tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Ushbu elementlarning shakllanishi tuproq unumdorligi, ekish muddati va qalinligi, sug‘orish rejimi, mineral va organik o‘g‘itlardan foydalanish, begona o‘tlarga qarshi kurash, qator oralariga ishlov berish hamda o‘sishni boshqaruvchi agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga bog‘liq
References
1. Sidiqov S.S. G‘o‘za biologiyasi va yetishtirish agrotexnologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009.
2. Abdullayev A.A. Paxtachilik. – Toshkent: Mehnat, 2004.
3. Hamidov A.X. Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish. – Toshkent: O‘qituvchi, 1990.
4. Abdullayev M.A. G‘o‘zani oziqlantirish va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish. – Toshkent: Fan, 2008.
5. Sanayev S. Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘za yetishtirish agrotexnologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2012.