Abstract
Mazkur tezisda barbotajli absorbsiya qurilmasida gaz sarfi va bosim tushishi orasidagi bog‘lanish eksperimental usulda tadqiq qilindi. Tadqiqot davomida gidravlik qarshilik, gaz taqsimoti samaradorligi, massa almashinuvi jarayonlari va absorberning energiya samaradorligi tahlil qilindi. Keramzitli nasadka va perforatsiyalangan gaz taqsimlagich qo‘llanilgan laboratoriya qurilmasida turli gaz sarflarida bosim tushishi aniqlanib, matematik model ishlab chiqildi. Gaz sarfi oshishi bilan bosim tushishining kvadratik qonuniyat asosida ortishi kuzatildi. CFD modellashtirish elementlari asosida gaz oqimining kolonna bo‘ylab taqsimlanish xususiyatlari baholandi. Tadqiqot natijalari perforatsiyalangan panjaralar geometriyasini optimallashtirish absorberning gidrodinamik barqarorligi va ekologik samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi.
References
1. Sovilj M.N., Nikolovski B.G., Spasojević M. Packed Bed Absorption Column: Hydrodynamics and Mass Transfer. APTEFF, 2019.
2. Billet R., Schultes M. Modelling of Pressure Drop in Packed Columns. Chemical Engineering Technology, 1991.
3. Coulson J.M., Richardson J.F. Chemical Engineering Design. Elsevier, 2005.
4. Zakeri A., Einbu A., Wiig P.O. Experimental Investigation of Pressure Drop and Mass Transfer Parameters in Absorber Columns. Energy Procedia, 2011.
5. Muallifning “Barbotajli absorbsiya qurilmasida zaharli gazlarni tozalash jarayonining gidrodinamikasi” mavzusidagi dissertatsiya materiallari.