IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA SEL VA SUV TOSHQINLARINING SHAKLLANISHI HAMDA ULARNI BARTARAF ETISHNING TIZIMLI MUAMMOLARI TADQIQI
PDF

Keywords

iqlim o‘zgarishi, sel oqimi, suv toshqini, tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyat, xavfni baholash, monitoring, prognozlash, erta ogohlantirish, gidrotexnika inshootlari, muhandislik himoyasi, suv oqimi, transchegaraviy xavf, moddiy zarar, aholi xavfsizligi.

How to Cite

IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA SEL VA SUV TOSHQINLARINING SHAKLLANISHI HAMDA ULARNI BARTARAF ETISHNING TIZIMLI MUAMMOLARI TADQIQI. (2026). SANOAT VA TEXNIKA SOHALARIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA ULARNING NATIJALARI: KONFERENSIYA MATERIALLARI, 2(8), 260-269. https://insightpublishing.uz/sts/article/view/2203

Abstract

Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi hududida sel va suv toshqinlarining shakllanishi, rivojlanishi hamda ularning aholi hayoti, iqtisodiyot va muhandislik infratuzilmasiga ta’siri tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqotda 2015-2025-yillar davomida mamlakat hududida sodir bo‘lgan yirik sel va suv toshqini hodisalari, ularning yuzaga kelish omillari hamda insoniy va moddiy yo‘qotishlari o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, qisqa muddatli kuchli yog‘ingarchiliklar, tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel oqimlarining shakllanishi, transchegaraviy suv oqimlari, gidrotexnika inshootlarining texnik holati va suv o‘tkazuvchi tizimlarning yetarli darajada himoyalanmaganligi favqulodda vaziyatlarning shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. 2015-2025-yillar davomida sel va suv toshqinlari oqibatida jami 52 nafar fuqaro vafot etgani, 1019 nafardan ortiq aholi jabrlangani hamda 466 milliard so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgani qayd etilgan. Tadqiqot natijalari sel va suv toshqinlari xavfini kamaytirishda doimiy monitoring va prognozlash tizimlarini takomillashtirish, erta ogohlantirish mexanizmlarini rivojlantirish, gidrotexnika inshootlarining ishonchliligini oshirish hamda zamonaviy muhandislik-himoya inshootlarini kompleks qo‘llash zarurligini asoslaydi.

PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436- son qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi.

2. Xudayberganov R.N. O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarni monitoring va prognoz qilishning muammolari va yechimlari. Malakaviy ish T.:DBA, 2015.

3.http://www.jma.go.jp/jma/indexe.html (Yaponiya metrologiya agentligi).

4. https://www.gidrometpribors.ru/tech/(Rosgidromet).

5. https://fvv.uz/ru/comparative/ (O‘zbekiston Respublikasi FVV sayti)