Abstract
Ushbu tezisda Oʻzbekiston turizm sohasida ochiq boshqaruv tamoyillarining joriy etilishi, media kommunikatsiyaning oʻrni hamda raqamli transformatsiya jarayonlarining oʻzaro bogʻliqligi tahlil qilinadi. “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida turizm sohasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun ustuvor yoʻnalish sifatida belgilanganligi, elektron viza tizimi, onlayn bron qilish platformalari va mobil ilovalar orqali sohaning ochiqligi va shaffofligi oshirilayotgani koʻrsatib oʻtiladi. Shuningdek, OAV va raqamli media vositalarining jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi, turistik salohiyatni targʻib qilishdagi va investitsion muhitni yoritishdagi vazifalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari davlat organlari, turizm operatorlari va OAV oʻrtasidagi hamkorlikni institutsional jihatdan mustahkamlash boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmon, 2020-yil 5-oktabr.
LexUZ — Rasmiy qonunchilik bazasi
2. UZINFOCOM. Strategic Directions for the Digital Transformation of Uzbekistan. Toshkent, 2023.
3. UNWTO (World Tourism Organization). Tourism and Digital Transformation. Madrid, 2021.
UN Tourism — Digital Transformation
4. World Bank. Uzbekistan: Digital Government for Inclusive Development. Washington, DC, 2019.
World Bank — Uzbekistan
5. United Nations Department of Economic and Social Affairs (UN DESA). United Nations E-Government Survey 2024: Accelerating Digital Transformation for Sustainable Development. New York, 2024.
UN DESA — E-Government Survey 2024
6. Travel and Tour World. Uzbekistan Tourism Statistics Report, 2025.
Travel and Tour World