Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek xalq maqollarida kasb-hunar bilan bog‘liq paremiologik birliklarning shakllanish jarayoni hamda ularning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xalq og‘zaki ijodi namunalarida aks etgan kasb-hunar bilan bog‘liq tasavvurlar, mehnat qadriyatlari va milliy mentalitet masalalari yoritiladi. Kasb-hunarga oid maqollar xalqning ko‘p asrlik tajribasi asosida shakllangan bo‘lib, ular orqali mehnatsevarlik, sabr-toqat, mahorat, halollik kabi axloqiy fazilatlar targ‘ib etiladi. Lingvomadaniy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, maqollar xalqning tarixiy turmush tarzi, kasbiy faoliyati hamda madaniy qarashlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, milliy qadriyatlarning muhim ifodasi hisoblanadi.
References
1. Imоmоv K. O`zbеk хаlq prоzаsi. –Tоshkеnt: Fаn, 1981. -104 b. 18. 6.
2. Mahmud Sattor. O`zbekning gapi qiziq(millatning kenja bo`g`iniga) – Toshkent. “Tafakkur qanoti” , 2011. – 148 b.
3. Madayev O, Sobitova T. O`zbek xalq og`zaki poetik ijodi. Toshkent. “Sharq”. 2001.
4. Мirzayev T. “O`zbek xalq maqollari” , Toshkent, 2003.