Abstract
Ushbu kengaytirilgan tezisda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanishining hududiy bandlik va iqtisodiy faollikka ta’siri panel ma’lumotlar asosida empirik baholanadi. Tadqiqot 2010–2024 yillar oralig‘ida O‘zbekistonning 14 ta hududi bo‘yicha shakllantirilgan balanslangan panel ma’lumotlar to‘plamiga (N=210) asoslanadi. Raqamli iqtisodiyot darajasi internet abonentlari (100 aholiga), mobil baza stansiyalar soni hamda mobil uyali aloqa obunalari (100 aholiga) ko‘rsatkichlarini birlashtirgan asosiy komponentlar tahlili (PCA) orqali tuzilgan kompozit Raqamli_Indeks yordamida o‘lchandi. Empirik baholashda hududiy o‘zgarmas effektlar modeli (Fixed Effects) va yil effektlari qo‘llanildi, standart xatoliklar hududlar bo‘yicha klasterlandi. Natijalar raqamli indeks bandlik darajasi bilan ijobiy va statistik jihatdan ahamiyatli bog‘liqlikka ega ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, raqamli rivojlanish qurilish sektori hajmiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, qishloq xo‘jaligi sektorida esa natijalar aralash bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish darajasi ayrim holatlarda salbiy va ahamiyatli chiqdi. Tadqiqot natijalari hududlar kesimida raqamli infratuzilmani kengaytirish bandlik va real sektor faolligini oshirishda muhim omil bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi
References
1. Akaev, A., Devezas, T., Ichkitidze, Y., & Sarygulov, A. (2021). Forecasting the labor intensity and labor income share for G7 countries in the digital age. Technological Forecasting and Social Change, 167, 120675.
2. Evangelista, R., Guerrieri, P., & Meliciani, V. (2014). The economic impact of digital technologies in Europe. Economics of Innovation and New Technology, 23(8), 802–824.
3. Lu, J., Xiao, Q., & Wang, T. (2023). Does the digital economy generate a gender dividend for female employment? Evidence from China. Telecommunications Policy, 47(6), 102545.
4. Qiao, C., & Chen, S. (2025). The impact of digital transformation on the employment structure in middle-income countries. Cogent Economics & Finance, 13(1), 2571864.
5. Zhao, Y., & Said, R. (2023). The Effect of the Digital Economy on the Employment Structure in China. Economies, 11, 227.
6. Zhu, X., Zhang, B., & Yuan, H. (2022). Digital economy, industrial structure upgrading and green total factor productivity – Evidence in textile and apparel industry from China. PLOS ONE, 17(11), e0277259.