Abstract
Nobarqaror iqtisodiy vaziyatda moliyaviy riskni boshqarish, baholash va tahlil qilish boyicha shu kungacha o’zimizdagi mavjud va xorijiy materiallarni xar tomonlama keng o’rganish, bir tizimga keltirib, tahlil qilish ayni paytda quyidagilarni ko‘rsatmoqda:
- “risk” - tushunchasini hamma uchun bir xil qabul qilingan tarifi mavjud emas;
- har qanday amaliy va nazariy tasodiflar, holatlar uchun qo’llaniluvchi riskni kengaytirilgan ko’rsatkichlarini aniq hisoblash uslublari ishlab chiqilmagan;
- aniq vaziyatga riskning ma’lum darajasini “mos kelishi”ni aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan qo‘llanmalar mavjud emas;
- riskni holatini miqdoriy baholashga asoslanuvchi qoida va meyorlarni shakllantirish imkonini beruvchi meyoriy-huquqiy konsepsiya ishlab chiqilmagan. Shuni ham nazardan qochirmaslik lozimki, riskning qadr-qimmatini belgilash, aniq vaziyatlarda qabul qilinishi zarur bo’lgan qarorlarga bog’lik bo’ladi.