Abstract
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy munosabatlarning murakkablashuvi va iqtisodiy aloqalarning kengayishi moliyaviy vositachilarning ahamiyatini keskin oshirdi. Iqtisodiy tizimda jamg‘arma egalari va moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezuvchi subektlar o‘rtasidagi munosabatlar doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakllanavermaydi. Ana shu sharoitda moliyaviy vositachilar iqtisodiy resurslar harakatini ta’minlovchi asosiy institusional bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘ladi.