Abstract
XXI asr - yuksak texnologiyalar va innovatsiyalar asridir. Jamiyat hayotining barcha sohalari o‘zgarmoqda, transformatsiyalanmoqda va yangilanmoqda. Axborot texnologiyalari tobora ommalashib, jamiyat hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Iqtisodiyot ham bundan mustasno bo‘lmadi, shu sababli pul mablag‘lariga ham o‘zgarishlar yetib keldi, ya’ni yangi raqamli valyuta paydo bo‘ldi. Biz talab, ma’lumki, taklifni yuzaga keltiradigan bozor tizimi sharoitida yashaymiz. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy axborot jamiyati an’anaviy pullarga nisbatan yanada innovatsion bo‘lgan yangi moliyaviy to‘lov vositasining paydo bo‘lishiga muhtoj edi. Ana shu to‘lov vositasi sifatida yangi raqamli valyuta - kriptovalyuta vujudga keldi.