Abstract
Dunyo miqyosida turli don turkumlaridan turli navlardagi novvoylik unlari tortilib, ulardan bir nechta assortimentdagi non mahsulotlari ishlab chiqarish boꞌyicha keng qamrovda tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunga qaramasdan, xom ashyolar va tayyor mahsulotlarning sifatini obꞌektiv baholashda organoleptik va fizik-kimyoviy koꞌrsatkichlar bilan bir qatorda yarim tayyor va tayyor mahsulotlarning reologik xossalarini eꞌtiborga olish dolzarb boꞌlib bormoqda.Bug'doy uni novvoylik sanoati uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Uning novvoylik sifatini unning tarkibidagi uchta asosiy komponent — kraxmal, oqsil (xususan, kleykovina hosil qiluvchi oqsillar) va lipidlarning (yog'lar) o'zaro nisbati va sifati belgilaydi. Bu komponentlarning har biri xamir shakllanishi, fermentatsiyasi va tayyor mahsulotning (nonning) yakuniy sifatiga o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi.Kraxmal bug'doy unining asosiy qismi (quruq modda bo'yicha taxminan 68-72%) bo'lib, nonning tuzilishi va hajmini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Kraxmal donachalari asosan ikki turdagi polisaxariddan — amiloza (odatda 20-30%) va amilopektin (70-80%) dan tashkil topgan.Novvoylikda bugꞌdoy unlarida kraxmal oqsildan keyingi oꞌrinda turuvchi funktsional ahamiyatga ega boꞌlgan fraktsiya hisoblanadi. Kraxmal: optimal xamir shakllanishiga yordam berishi; pishirish vaqtida magꞌizni rostlashni taꞌminlashi; eskirish natijasida non sifatini fizik yomonlashuviga sabab boꞌlishi hamda kuchsiz novvoylik navli un turkumlarining texnologik xossalarini pasaytirishi tadqiq qilingan.Kraxmal donachalarining shikastlanish darajasi unning suvni ushlab turish qobiliyatiga, xamirning plastiklik darajasiga,reologik xususiyatlariga hamda tayyor mahsulotning hajmi va sifati ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan
References
Mirzaev, jamol (2024) "influence of small and mechanically damaged starch granules in baking wheat flour on the rheological properties of bread dough," chemistry and chemical engineering: Vol. 2022: No. 4, Article 20.
Influence of damaged starch on the quality parameters of wheat dough and Bread Article in Ukrainian Food Journal · October 2019
Barrera G.N., Pyrez G.T., Ribotta P.D., Leуn, A.L. Influence of damaged starch on cookie and bread–making quality. European Food Research Technology, 2007, no. 225, pp. 1-7.
Gabriela N. Barrera · Gabriela T. Perez Pablo D. Ribotta · Alberto E. Leon Influence of damaged starch on cookie and bread-making quality Received: 21 February 2006 / Revised: 28 April 2006 / Accepted: 8 May 2006 / Published online: 1 August 2006 Springer-Verlag 2006
AACC. (2000). Approved Methods of the American Association of Cereal Chemists, Method 10–91, 10th edn. St. Paul, MN: American Association of Cereal Chemists, Inc.
Barrera, G.N., León, A.E., & Ribotta, P.D. (2011). Effects of Damaged Starch on Wheat Starch Properties. 2011 CIGR Section VI International Symposium on Towards a Sustainable Food Chain Food Process, Bioprocessing and Food Quality Management, 18–20 April. Nantes, France.
Mirzayev, J., Rakhmonov, E., Rakhimov, Y., Uzokov, Y., Kobilov, F., Shakhriddinov, … & Berdimurodov, E. (2024). Enhancing bread quality: Effects of small and mechanically damaged starch granules in local wheat flour. New Materials, Compounds and Applications, 8(3), 390–401.
Ukrainian Food Journal. (2019). Influence of damaged starch on the quality parameters of wheat dough and bread. October 2019.