Abstract
Ushbu maqolada sug‘urta sohasini raqamlashtirish jarayonining zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Raqamli texnologiyalarni sug‘urta faoliyatiga joriy etish natijasida xizmatlar sifati oshib, mijozlar bilan ishlashda shaffoflik, tezkorlik va samaradorlik ta’minlanadi. Maqolada sug‘urta kompaniyalarida raqamli platformalar, sun’iy intellekt, “Big Data” va blokcheyn texnologiyalarining qo‘llanilishi tahlil qilinib, ularning iqtisodiy afzalliklari va xavf-xatarlarini baholashga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sug‘urta bozorida raqamlashtirish jarayonining holati, dolzarb muammolari hamda rivojlantirish istiqbollari o‘rganilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi. (2023). O‘zbekiston sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha hisobot. Toshkent.
Karimov, I.A. (2016). Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat nashriyoti.
Raxmonov, B. (2022). Sug‘urta tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari. “Iqtisodiyot va innovatsiyalar” jurnali, №5, 62–70.