Abstract
Zamonaviy mehnat bozori talablarining o‘zgarishi, yangi kasblarning paydo bo‘lishi hamda ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning kuchayishi o‘quvchilarni kasb tanlashga erta va tizimli tayyorlash zaruratini yuzaga keltirmoqda. Tadqiqotda kasbiy qiziqish tushunchasining pedagogik-psixologik mohiyati ochib berilib, uning motivatsion, kognitiv, amaliy-faoliyatli va refleksiv komponentlari asoslangan. O‘quvchilarda kasbiy qiziqishni shakllantirishning asosiy pedagogik shartlari sifatida kasblar haqida tizimli axborot berish, o‘quvchilarning individual qobiliyat va qiziqishlarini diagnostika qilish, kasbga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatni tashkil etish, ta’limni real mehnat muhiti bilan integratsiyalash, ota-onalar va mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish belgilangan. Shuningdek, kasbiy qiziqishni rivojlantirishning bosqichli modeli taklif etilib, unda kasbiy axborot, motivatsiya, amaliy faoliyat, kasbiy sinov va refleksiya o‘zaro uzviy bog‘langan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarda kasbiy qiziqishni shakllantirish maktab, oila, jamiyat va kasbiy ta’lim muassasalari hamkorligiga asoslangan uzluksiz pedagogik jarayon sifatida tashkil etilishi zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. Savickas, M. L. (2013). Career construction theory and practice. In R. W. Lent & S. D. Brown (Eds.), Career Development and Counseling. Hoboken: Wiley.
2. UNESCO. (2021). Reimagining Our Futures Together: A New Social Contract for Education. Paris: UNESCO.
3. Azizxo‘jayeva, N. N. (2006). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent.
4. Tolipov, O‘. Q., & Usmonboyeva, M. (2005). Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. Toshkent: Fan.
5. Muslimov, N. A. (2007). Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish. Toshkent.
6. Ishmuhamedov, R. J., Abduqodirov, A. A., & Pardaev, A. X. (2008). Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent.