Abstract
Mazkur tezisda nostatsionar (vaqtinchalik) savdo obyektlarini loyihalashda arxitektura, dizayn, ekologiya va urbanistika yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilingan. Shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda, jamoat joylarida vaqtinchalik savdo pavilonlari, kiosklar, yarmarka pavilyonlari hamda modul tipidagi kichik arxitektura shakllariga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshib bormoqda. Biroq bu obyektlarning joylashuvi, materiali, estetik qiyofasi va energiya samaradorligi shahar ekologiyasi, estetik muhit va tarixiy landshaftga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
References
Beknazarov, A. (2021). Shahar muhitida kichik arxitektura formalarini loyihalashda kompozitsion yechimlar. Toshkent: TAQI.
Juraev, F. X. (2020). Arxitektura va dizaynda ekologik tamoyillar. Toshkent: “Fan va Texnologiya” nashriyoti.
Boboev, S. va Rahmonov, I. (2022). Modulli konstruksiyalar asosida vaqtinchalik savdo inshootlarini yaratish masalalari. “Me’morchilik va Qurilish” jurnali, №3, 45–52-betlar.