Abstract
Mazkur tezisda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishning iqtisodiy-matematik asoslari tadqiq etilgan. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yer, suv, mehnat, moddiy-texnik vositalar, moliyaviy mablag‘lar va axborot resurslaridan oqilona foydalanish mahsulot hajmi hamda ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi muhim omil sifatida qaraladi. Resurslarning cheklanganligi sharoitida ularni optimal taqsimlash uchun iqtisodiy-matematik modellashtirish usullaridan foydalanish zarurligi asoslangan. Chiziqli dasturlash, ishlab chiqarish funksiyalari, optimallashtirish va prognozlash modellarining qishloq xo‘jaligida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Resurslardan foydalanish samaradorligini baholashning asosiy mezonlari sifatida mahsuldorlik, rentabellik, resurs qaytimi va mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar ko‘rsatkichlari taklif etilgan.
References
1. Mankiw N.G. Principles of Economics. Cengage Learning, 2021.
2. Pindyck R.S., Rubinfeld D.L. Microeconomics. Pearson, 2018.
3. FAO. The State of Food and Agriculture. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations.
4. World Bank. Agriculture, Food and Rural Development. Washington, D.C.
5. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Qishloq xo‘jaligi statistik ma’lumotlari. Toshkent.