Abstract
Quritish jarayonida issiqlik va massa almashinuvi o‘zaro bog‘liq holda kechib, mahsulotning boshlang‘ich namligi, quritish harorati, havo tezligi, nisbiy namlik, mevaning o‘lchami va po‘stloqning strukturaviy xususiyatlari yakuniy natijaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Anjir uchun olib borilgan tadqiqotlarda quritish jarayonining asosiy qismi pasayuvchi tezlik davrida kechishi va bunda ichki massa almashinuvi tashqi konvektiv qarshilikdan ustun bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Yupqa qatlamli quritish tajribalarida 55–85 °C harorat va 0,5–3 m/s havo tezligi oralig‘i o‘rganilgan hamda harorat quritish kinetikasiga havo tezligiga nisbatan kuchliroq ta’sir ko‘rsatgani qayd etilgan. Maqolada namlik miqdori, namlik nisbati, quritish tezligi, samarali namlik diffuziya koeffitsienti va Arrenius tenglamasi asosida faollanish energiyasini aniqlash usullari ko‘rib chiqiladi
References
1. Babalis, S. J., & Belessiotis, V. G. (2004). Influence of the drying conditions on the drying constants and moisture diffusivity during the thin-layer drying of figs. Journal of Food Engineering, 65(3), 449–458.
2. Xanthopoulos, G., Yanniotis, S., & Lambrinos, G. (2010). Study of the drying behaviour in peeled and unpeeled whole figs. Journal of Food Engineering, 97(3), 419–424.
3. Togrul, I. T., & Pehlivan, D. Sun drying of figs: an experimental study. Journal of Food Engineering.
4. Crank, J. (1975). The Mathematics of Diffusion. Oxford University Press.
5. Mujumdar, A. S. (Ed.). Handbook of Industrial Drying. CRC Press.
6. Erbay, Z., & Icier, F. (2010). A review of thin layer drying of foods: theory, modeling, and experimental results. Critical Reviews in Food Science and Nutrition.
7. Krokida, M. K., Maroulis, Z. B., & Saravacos, G. D. (2001). The effect of the method of drying on the colour of dehydrated products. International Journal of Food Science & Technology.