ISHLATILGAN O‘SIMLIK YOG‘LARINI QAYTA ISHLASH ORQALI QO‘SHIMCHA QIYMATLI MAHSULOTLAR OLISHNING TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI
PDF

Keywords

ishlatilgan o‘simlik yog‘i, ikkilamchi xomashyo, qayta ishlash, esterifikatsiya, transesterifikatsiya, yog‘ kislotalari, biodizel, biolubrikant, texnologik jarayon

How to Cite

ISHLATILGAN O‘SIMLIK YOG‘LARINI QAYTA ISHLASH ORQALI QO‘SHIMCHA QIYMATLI MAHSULOTLAR OLISHNING TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI. (2026). CONFERENCE ON INTERNATIONAL SCIENTIFIC DEVELOPMENTS: INSIGHTS INTO MODERN SCIENCE AND INNOVATIVE PRACTICES, 2(8), 102-106. https://insightpublishing.uz/isd/article/view/2613

Abstract

Ushbu tezisda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash jarayonida hosil bo‘ladigan ishlatilgan o‘simlik yog‘larini ikkilamchi xomashyo sifatida qayta ishlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Ishlatilgan yog‘larning yuqori harorat ta’sirida oksidlanishi, gidrolizlanishi va tarkibida turli polar birikmalar hosil bo‘lishi ularning dastlabki fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartiradi. Shu sababli bunday yog‘larni qayta ishlashdan oldin mexanik aralashmalardan tozalash, tindirish, filtrlash va namlikni kamaytirish muhim texnologik bosqich hisoblanadi. Ishlatilgan yog‘larni esterifikatsiya va transesterifikatsiya jarayonlari orqali qayta ishlash natijasida yog‘ kislotalari efirlari, biodizel va boshqa texnik mahsulotlar olish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, yog‘ kislotalari asosida biolubrikantlar, plastifikatorlar va sirt-faol moddalar olish istiqbollari ko‘rsatilgan. Taklif etilayotgan texnologik yondashuv chiqindilar miqdorini kamaytirish va mahalliy ikkilamchi xomashyodan samarali foydalanish imkonini beradi.

PDF

References

1. Temirova M.I. Aromatik oligoefirlar sintezi va xossalari // Science and Education. – 2024. – Vol. 5, №2. – B. 192–198.

2. Rayimov Z.X., Temirova M.I., Ravshanov Sh.A. Tereftal kislota diglikol efiri va oligomerlarning polikondensatsiyalanish reaksiyasi katalizi // Science and Education. – 2024. – Vol. 5, №2. – B. 161–165.

3. Temirova M.I., Isoev Sh.N. Polivinilxlorid kompozitsion materiallarini qo‘llanilishi // Educational Research in Universal Sciences. – 2023.

4. Majidov Q.X., Ismatov S.Sh., Ro‘ziboyev A.T., Majidova N.Q. Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi. – Buxoro, 2022.