O'ZBEK ADABIYOTIDA ARBAINCHILIK AN'ANASI
PDF

Keywords

arbainchilik, arbain, hadis, Navoiy, Jomiy, Muhayyir, poetika.

How to Cite

O’ZBEK ADABIYOTIDA ARBAINCHILIK AN’ANASI. (2026). CONFERENCE ON INTERNATIONAL SCIENTIFIC DEVELOPMENTS: INSIGHTS INTO MODERN SCIENCE AND INNOVATIVE PRACTICES, 2(9), 35-38. https://insightpublishing.uz/isd/article/view/2518

Abstract

Mazkur tezisda o‘zbek adabiyotida shakllangan arbainchilik an’anasining tarixiy ildizlari, taraqqiyot bosqichlari va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Arbainchilik qirq hadis mazmunini jamlash, tarjima qilish, sharhlash yoki ularni nazmiy shaklda badiiy talqin etishga asoslangan adabiy an’ana sifatida izohlanadi. Tadqiqotda Alisher Navoiyning “Arba’in” asari o‘zbek va turkiy adabiyotdagi muhim bosqich sifatida ko‘rib chiqilib, unda hadis mazmunining axloqiy-ma’rifiy g‘oyalar bilan uyg‘unlashuvi yoritiladi. Shuningdek, Navoiy an’anasining XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Muhayyir ijodida davom etgani tahlil qilinadi. Arbainchilikning asosiy xususiyati uning mazmuniy barqarorligi va shakliy jihatdan o‘zgaruvchanligida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Natijada ushbu an’ana diniy-ma’rifiy mazmun bilan bir qatorda, badiiy-estetik va axloqiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiy hodisa sifatida baholanadi.

PDF

References

1. Navoiy, A. Arba’in. – Toshkent: Meros, 1991.

2. Dehqonov, A. Arba’innavislik an’anasi va Muhayyir adabiy faoliyati // Oltin bitiglar – Golden Scripts. – 2020. – №2. – B. 15–32.

3. Yusupova, D.R. Turkiy adabiyotda arba’innavislik an’anasi: Alisher Navoiy va Muslihiddin Mustafo Axtariy “Arba’in”lari misolida // Oltin bitiglar – Golden Scripts. – 2023. – Vol. 3, №3. – B. 66–77.

4. Eshniyazova, M. Alisher Navoiyning “Arba’in” asaridagi hadislar bayonida g‘oyaviy-badiiy ifoda mukammalligi // Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari. – 2024.

5. G’ulomova, N.A. Alisher Navoiyning “Arba’in” asari: janr tabiati, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari va adabiy merosi. – 2026. – B. 17–21.